Dronshunos
Dron qanday işlaydi · 6-dars

Dron kamerasi nega silkinmaydi?

Dron havoda 35° gaça engaşadi va çayqaladi, lekin kamera ufqqa tekis qoladi. Sir — gimbalda: uçta motor kamerani dron qiyşaygan tomonga teskari buradi.

Gimbal qanday işlaydi

  1. DJI Mini 4 Pro 35° gaça engaşa oladi, lekin kamera ufqqa tekis qoladi: titraşi bor-yöği ±0,01° (DJI ma’lumoti).
  2. Gimbal — kamera uşlagiçi: 3 öq (yuqori-pastga, yonga, çapga-öngga), har biriga bitta motor.
  3. Kameraning özidagi sezgiç (giroskop) har bir qiyşayişni sezadi, motorlar esa kamerani teskari tomonga buradi.
  4. Juda kuçli şamolda yoki Sport rejimida videoda biroz titraş bölişi mumkin.
  5. Gimbal çapga-öngga atigi ±30° buriladi. Kattaroq burilişda dronning özi buriladi.
  6. Yoqişdan oldin gimbal himoyasini oling, dron yoqilganda esa gimbalni uşlamang.

3D dron: aylantirib köring

Barmoq yoki siçqonça bilan aylantiring, ikki barmoq bilan yaqinlaştiring.

Videodagi matn

Dron havoda engaşadi va çayqaladi. Lekin siz körgan videolar nega silliq çiqadi?

Taxmin qiling: dron 35 gradus engaşsa, kamera neça gradus qiyşayadi?

Deyarli nol! Kamera ufqqa tekis qoladi. Titraşi — gradusning yuzdan biri, xolos.

Sir — gimbalda, ya’ni kamera uşlagiçida. Kamerani uçta motor buradi: yuqori-pastga, yonga va çapga-öngga.

Kameraning özida sezgiç bor. Dron qiyşaysa, sezgiç darrov sezadi va motorlar kamerani teskari tomonga buradi.

Faqat juda kuçli şamolda biroz titraşi mumkin.

Dron yoqilganda gimbalni uşlamang, yoqişdan oldin esa uning himoyasini oling. Dronga qiziqadigan döstingizga yuboring.

Manbalar

3D: «Flying Drone» — DogexorRexUwU (CC BY 4.0, özgartirilgan) · Sxemalar: Dronshunos

Boşqa darslar